Amerikalik milliarder Ilon Mask Bloombergʼga bergan intervyusida besh yildan keyin ham Tesla’ni boshqarishni davom etishini, ammo siyosatdan ketmoqchi ekanini ma’lum qildi. Maskning so‘zlaridan keyin Tesla aksiyalari 3,6 foizga ko‘tarildi.
Ilon Mask — Donald Tramp ma’muriyatida AQSh Hukumati samaradorligi departamenti (DOGE) kuratori. Uning prezident bilan yaqinligi va yangi lavozimda amalga oshirgan ishlari, jumladan, davlat xizmatchilarini ommaviy ravishda ishdan bo‘shatishlar ko‘plab tandiqlarga sabab bo‘lmoqda. AQSh va butun dunyo bo‘ylab Maskning DOGE’dagi faoliyati sabab ishlab chiqaruvchiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.
Investorlarni tinchlantirish maqsadida biznesmen kelajakda siyosatga «kamroq vaqt» ajratishga va’da berdi. Aprelda u Oq uydagi ish faoliyatini haftasiga bir-ikki kunga qadar qisqartirishini aytgandi. Oq uy apparati rahbari Syuzan Uaylsning so‘zlariga ko‘ra, Mask DOGE’dagi faoliyatini deyarli masofadan turib bajarmoqda.
Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, u Tesla aksiyalariga ko‘proq boylik orttirish maqsadida egalik qilish niyatida emas. «Bu pul masalasi emas. Bu kompaniya kelajagini oqilona nazorat qilish masalasidir», — deydi u.