Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Mask Britaniyada hokimiyatni o‘zgartirishga chaqirishda davom etmoqda

Mask Britaniyada hokimiyatni o‘zgartirishga chaqirishda davom etmoqda

Mask Britaniyada hokimiyatni o‘zgartirishga chaqirishda davom etmoqda. Endi u Vashingtonni bunga aralashishga va orol aholisini "ozod qilishga" chaqirdi.

"Amerika Britaniya xalqini uning zulmkor hukumatidan ozod qilishi kerak", – deb yozdi Tramp jamoasidagi biznesmen X ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida. Shu bilan birga, u o‘z postiga foydalanuvchilardan bunday fikrga qo‘shilish yoki qo‘shilmasligi so‘ralgan so‘rovnomani qo‘shdi.

Ilon Mask bundan avval Buyuk Britaniyada bolalarning zo‘rlanishi holati bo‘yicha tergovning muvaffaqiyatsizligi bilan bog‘liq janjal sababli bosh vazir Kir Starmerni iste’foga chiqishga chaqirgan edi.

Kiritildi: 20:12 06.01.2025. O'qildi: 749 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!