Bugun 16 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Mask: "AQSh jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelishi mumkin"

Mask: "AQSh jiddiy moliyaviy muammolarga duch kelishi mumkin"

Agar mamlakat rahbariyati byudjet taqchilligini kamaytira olmasa, Qo‘shma Shtatlar katta muammoga duch keladi.

Bu haqda Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qilgan.

"Agar kamomadni kamaytirish uchun chora ko‘rilmasa, Amerika jiddiy muammoga duch keladi. Bu haddan tashqari ko‘p qarz olgan odamning ahvolidan farq qilmaydi", deb yozadi u.

Mask AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp ma’muriyatida Vivek Ramasvami bilan birga hukumat samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi departamentga rahbarlik qilishi kutilmoqda.

Avvalroq AQSh moliya vazirligi 2024 moliya yilida AQSh byudjeti taqchilligi 1,83 trillion dollarni tashkil etgani, bu 2023 moliya yiliga nisbatan 138 milliard dollarga ko‘p ekanligini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: Bugun 09:38. O'qildi: 509 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!