Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Mashinaga urilgan toshbaqa ayolning boshini yordi

A A A
Mashinaga urilgan toshbaqa ayolning boshini yordi

AQShning Florida shtatida yo‘lda ketayotgan avtomobilga kelib tekkan toshbaqa old oynani yorib, yo‘lovchilar o‘rindig‘ida o‘tirgan keksa 71 yoshli ayolning boshini yorgan.

Ma’lum qilinishicha, avtomobil boshqaruvida ayolning qizi bo‘lgan. U favqulodda yordam xizmatiga murojaat qilgan, onasi boshidan qattiq jarohat olganligi sababli hushidan ketgan. Dispetcherlar unga tez yordam kelguncha qonni qanday to‘xtatish haqida ko‘rsatmalar berishgan.

Shundan so‘ng nafaqaxo‘r ayol Deytona-Bichdagi Halifax Health sog‘liqni saqlash tibbiyot markaziga yetkazilgan.

Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, toshbaqa yo‘l ustidan uchib o‘tib, shisha bilan to‘qnashgandan so‘ng ham omon qolgan. Uni mashinadan olib chiqib, voqea joyi yaqinidagi o‘rmonga qo‘yib yuborishgan. Voqea aybdori faqat qobig‘idagi tirnalishlar bilan qutulib qolgan.

Favqulodda xizmatlar sudralib yuruvchini boshqa transport vositasi urib yuborganidan keyin havoga uchib ketishi mumkinligini taxmin qilishmoqda.

Kiritildi: 22:21 25.04.2021. O'qildi: 3481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!