Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Mashinaga qishki shinalarni qachondan qo‘ygan afzal?

Mashinaga qishki shinalarni qachondan qo‘ygan afzal?

Avtomobil bo‘yicha ekspertlar qishki shinalar olti mavsumgacha xizmat qilishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.

Ularning fikricha, haydovchilar qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida shinaning naqshiga, yoriqlar va nayzalar soniga alohida e’tibor berishlari kerak. 

Chunki kimyoviy moddalar yoriqlarga tez joylashib, shinaning ichki qatlamlari va “skeleti”ni yemiradi. Bundan tashqari, erta almashtirish kauchukning tez ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Ma’lumki, kauchuk ham deformasiyalanadi, yoqilg‘i-moylash materiallari, quyosh nuri va kimyoviy aralashmaning qoldiqlari tufayli elastikligini yo‘qotadi.

Ilgari mutaxassislar g‘ildirakni mavsumiy almashtirishni emas, balki sekin haydashni anglatuvchi “qishki haydash rejimiga” o‘tishni maslahat berishardi. Hozir esa shinalarni almashtirish va o‘zgartirishni oktyabr oxiri – noyabr oyining boshida amalga oshirgan ma’qul, deb hisoblashadi.

 

Kiritildi: 12:05 30.10.2019. O'qildi: 2176 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!