Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Mashinaga olmaxonlar “hujum qilishdi”

A A A
Mashinaga olmaxonlar “hujum qilishdi”

AQShning Michigan shtatida istiqomat qiluvchi Kelli Mur harakat chog‘ida mashinasi g‘alati ovoz chiqarayotganini sezib qoladi. Kapotni ochganida u yerda o‘nlab g‘uddalarga ko‘zi tushdi. Ularning umumiy og‘irligi 23 kgni tashkil qildi.

Avtomobil haydovchisi Mur mazkur g‘uddalar olmaxonlar yordamida kapotiga tushib qolganini ta’kidlamoqda.

«Qulay va issiqqina, ovqatlar g‘amlab qo‘yilgan. Bunday issiq go‘shani yana qayerdan topasiz», — deya e’tirof etgan avtomobil egasi.

Kelli Murning so‘zlariga ko‘ra, u avtomobilni yaqinda sotib olgan, biroq xarid paytida kapotda hech narsa yo‘q edi.

Yuqori harorat tufayli ayrim g‘uddalar shishib ketgan edi. Shu bois mashinasini tozalash uchun erkakka 45 daqiqa kerak bo‘ldi.

Kiritildi: 05:47 19.05.2018. O'qildi: 5308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!