Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Mashina ta’miri evaziga: yoqutistonlik ayolni zo‘rlagan migrantlarga hukm o‘qildi

Mashina ta’miri evaziga: yoqutistonlik ayolni zo‘rlagan migrantlarga hukm o‘qildi

Yakutsk shahrida istiqomat qiluvchi ayolni o‘g‘irlash va nomusiga tegishda ayblanayotgan migrantlar ustidan hukm chiqarildi.

“Sud hukmi bilan ayblanuvchilar mazkur jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topildi. Jinoyat ishining asosiy figuranti 14 yil ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.  Qolgan ikki nafar ayblanuvchilarga to‘rt yilu 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Ular jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydilar”, - deya yozadi RIA Novosti.

Hukm hozircha qonuniy kuchga kirmagan.

Yakutskdagi shov-shuvli voqea

Tergovda aniqlanishicha, mart oyi boshida Yakutsk shahrida avtomashinalarni ta’mirlash ustaxonasida ishlovchi ikki nafar ayblanuvchi oshnalarining mashinasini ta’mirlab berishadi. Ta’mir haqqi 5 ming rublni tashkil etadi. Mijozning esa to‘lash uchun puli bo‘lmagan, shunda u to‘lov tariqasida intim xizmat ko‘rsatuvchi qizni olish kelishni taklif qiladi. Ustalar rozi bo‘lishadi.

16 mart kuni kechqurun ayblanuvchi qizni izlab topish maqsadida yo‘lga tushadi va Kuzmin ko‘chasida o‘tkinchi ayolni ko‘radi. U ayolni kuch bilan mashinaga o‘tqazib, eshiklarni qulflaydi. Voqea joyidan uzoqlashadi va xilvat joyda ayolning nomusiga tegadi.

Shundan so‘ng u jabrlanuvchini avtoservisga olib borib, ustalar qo‘liga topshiradi.

Ular jabrlanuvchini avtoservisda ushlab turishadi, ulardan biri esa ayolga nisbatan jinsiy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni sodir etadi. Tong saharda erkaklar uxlab qolganidan foydalangan jabrlanuvchi qochib ketadi va polisiyaga murojaat etadi.

Markaziy Osiyo respublikalaridan biridan bo‘lgan fuqaro o‘z tanishlari yordamida yoqutistonlik ayolni o‘g‘irlab ketib va zo‘rlagani haqidagi xabar tarqalgandan so‘ng Yakutsk shahri markaziy maydonida 200 ga yaqin mahalliy aholi norozilik namoyishiga chiqdi. Miting ishtirokchilari hukumatdan migrantlarga qarshi qonunchilikni keskinlashtirishni va aybdorlarni jazolashni talab qilishdi. Oradan ko‘p o‘tmay hudud rahbari farmoni bilan Yoqutistonda migrantlarga savdo-sotiq, yo‘lovchi tashish, mahsulotlar, ichimlik va kiyim-kechaklar ishlab chiqarish sohasida ishlash taqiqlandi.

 

Kiritildi: 14:05 12.09.2019. O'qildi: 4692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!