Mattel kompaniyasi birinchi turdagi qandli diabetga chalingan Barbi qo‘g‘irchog‘ini namoyish qildi. Uning beliga insulinni o‘lchovchi bejirim apparat joylangan.
Kompaniya bolalarga hamdardlik bildirish va inklyuzivlikni rivojlantirishni maqsad qilgan. Yangi qo‘g‘irchoq qandli diabet bilan og‘rigan bolalarning kayfiyatini ko‘taradi.
Avval ham bemor bolajonlarning kayfiyatini ko‘tarish uchun ko‘zi ojiz Barbi, protezli Barbi, sochsiz Barbi, vitiligoli Barbi qo‘g‘irchoqlari ishlab chiqarilgan. Ushbu mashhur o‘yinchoq 60 yoshda.