Moda olamining mashhur yulduzi Naomi Kempbell 53 yoshida ikkinchi marta ona bo‘ldi. Bu haqda supermodelning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qilindi.
«Jajjigina azizim, bilki, bu hayotga kelib, bizni xursand qilgan vaqtingdan boshlab biz seni sevgimiz bilan erkalatamiz. Xudoning haqiqiy sovg‘asi! Tangri yorlaqasin! Xush kelibsan, Bolakay. Ona bo‘lish hech qachon kech emas», - deb yozdi u.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda supermodel birinchi marta ona bo‘ldi. U qizi tug‘ilganini ijtimoiy tarmoqlarda ham xuddi shunday tarzda e’lon qilgan edi.