Bugun 9 oktyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Masharipov: "Eronga qarshi o‘yin oldidan ko‘p gapirish shart emas"

Masharipov: "Eronga qarshi o‘yin oldidan ko‘p gapirish shart emas"

O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiy yordamchisi Vlado Radmanovich hamda jamoa hujumchisi Jaloliddin Masharipov Eronga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.

"Eronga qarshi o‘yin oldidan ko‘p gapirish shart emas. Rostdan ikki jamoa ham bir-birini yaxshi biladi. Eng keraklisi, ertangi o‘yinda biz kerakli natijani qo‘lga kiritishga harakat qilamiz, bunga tayyormiz. Muxlislarni xursand qilamiz deb umid qilamiz.

Shimoliy Koreyaga va Qirg‘izistonga qarshi o‘yinlarda individual mahorat evaziga yutdik deb o‘ylamayman. Sababi barcha gollarni mashg‘ulotlarda ishlaganmiz va barchasi o‘ylangan taktikalar edi", deydi terma jamoa yetakchisi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston — Eron uchrashuvi ertaga “Bunyodkor” stadionida 19:00da boshlanadi.

Kiritildi: Bugun 15:06. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!