Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Mart oyidan beri 500 ming falastinlik qochqinga aylandi

A A A
Mart oyidan beri 500 ming falastinlik qochqinga aylandi

18 mart kuni Isroil G‘azoga hujumlarini qayta boshladi. O‘shandan beri 500 ming falastinlik o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi Anadolu.

Falastinning WAFA axborot agentligiga ko‘ra, hujumlar qayta boshlanganidan beri yarim millionga yaqin falastinlik qochqinga aylangan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2025 yil 19 yanvarda muvaqqat otashkesimga erishilgunga qadar yuz minglab falastinliklar uylarini tark etganini eslatdi.

Hujumlar qayta boshlanganidan beri 1652 falastinlik halok bo‘ldi, ularning aksariyati ayollar, bolalar va qariyalar. Yana 4391 kishi jarohatlangan.

2023 yil 7 oktyabrdan buyon Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo‘lgan falastinliklar soni 51 ming 25 nafarga yetdi, 116 ming 432 nafari yaralandi.

Kiritildi: 22:09 17.04.2025. O'qildi: 1437 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!