Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Maroqand neft bazasi”ga qarashli filialda katta miqdordagi talon-tarojlik holati aniqlandi — “O‘zbekneftgaz”

"Maroqand neft bazasi”ga qarashli filialda katta miqdordagi talon-tarojlik holati aniqlandi — “O‘zbekneftgaz”

“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayevning topshirig‘iga ko‘ra, korrupsiyaga qarshi kurashish, moliyaviy va komplayens nazorati yo‘nalishidagi xato-kamchiliklarni aniqlash va ularni kelgusida yo‘l qo‘yilishini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, “Maroqand neft bazasi”MCHJga qarashli Bulung‘ur filialida neft mahsulotlarining navbatdan tashqari inventarizasiyasi o‘tkazildi.

O‘rganishlar jarayonida, Bulung‘ur filiali moddiy javobgar shaxsi X.L. javobgarligidagi neft mahsulotlari inventarizasiyadan o‘tkazilganda, 7 ta vertikal po‘lat sig‘imlarga (RVS) qasddan texnik o‘zgartirish kiritish
va qo‘lbola usulda sig‘im ichiga temir quvur joylashtirilganligi aniqlandi.

Buning natijasida tezkor ma’lumotlarga ko‘ra jami 21 494,7 mln. so‘mlik 2 573,5 tonna neft mahsulotlari kamomadiga yo‘l qo‘yilganligi va katta miqdorda talon-taroj qilinganligi holati aniqlandi.

Xususan:

- Ai-80 avtobenzinidan 18 340,4 mln.so‘mlik 2 382,1 tonna;

- EKO markali dizel yoqilg‘isidan 75,2 mln.so‘mlik 4,7 tonna;

- TDL-05 markali dizel yonilg‘isidan 1 752,1 mln.so‘mlik 111,6 tonna;

- TD-K5 yevro markali dizel yoqilg‘isidan 1327,0 mln.so‘mlik 75,1 tonna.

Holat yuzasidan o‘rganishlar davom etmoqda va natijasi bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Kiritildi: 08:07 07.08.2022. O'qildi: 3063 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!