Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Markaziy Osiyodagi eng yirik muzlik — Fedchenko muzligi 40% ga erib ketdi

Markaziy Osiyodagi eng yirik muzlik — Fedchenko muzligi 40% ga erib ketdi

Tojikistonda joylashgan Fedchenko muzligi oxirgi o‘n yilliklarda tiklanmasdan erimoqda. Bu holat Amudaryo havzasidagi suv muammolarini yanada keskinlashtirishi mumkin.

1990–2005 yillar orasida muzlik 50 metrga qisqargan. Hozirgi paytda uning 40 foizga yaqini yo‘qolgan. Qirg‘izistondagi muzliklarning ham 30% dan ortig‘i erigan.

Tohir Majitovning ta’kidlashicha, suvdan samarali foydalanish va uni adolatli taqsimlash uchun Orol dengizi qo‘mitasi kabi mintaqaviy xalqaro tashkilot tuzish zarur.

Fedchenko muzligi Pomir tog‘larida joylashgan bo‘lib, u dunyoda qutb hududlaridan tashqaridagi eng uzun muzlik hisoblanadi.

Kiritildi: 21:33 09.06.2025. O'qildi: 2254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!