Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Markaziy bank asosiy stavka bo‘yicha yig‘ilishini noma’lum muddatga qoldirdi

Markaziy bank asosiy stavka bo‘yicha yig‘ilishini noma’lum muddatga qoldirdi

O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkasini ko‘rib chiqish bo‘yicha 24 iyulga belgilangan boshqaruv yig‘ilishi sanasini ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Qaror birinchi yarim yillik bo‘yicha global makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va savdo hamkorlar iqtisodiyoti bo‘yicha ma’lumotlar iyulning oxirida e’lon qilinishi hamda ishlab chiqilayotgan makroiqtisodiy tahlil va prognozlarda bu yangilangan ko‘rsatkichlar asos bo‘lishini inobatga olib qabul qilingan.

Yig‘ilish sanasi bo‘yicha alohida ma’lumot berilishi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, 12 iyun kungi yig‘ilishda Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirgandi.

Kiritildi: 15:45 23.07.2025. O'qildi: 628 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!