Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Marhum qo‘shiqchi "konsertlar beradi"

A A A
Marhum qo‘shiqchi "konsertlar beradi"

Amerikalik mashhur qo‘shiqchi, 2012 yilda boqiy dunyoga ketgan Uitni Xyustonning gologrammasi ishtirokida 2020 yilda Buyuk Britaniyada konsertlar beriladi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi. 

Qo‘shiqchining lazer tasviri bir necha yil davomida yaratilgan. Qo‘shiqchi gologrammasini yarata olgan mutaxassislar o‘z vaqtida musiqachi Roy Orbison va qo‘shiqchi Emi Uaynxaus gologrammalarini yaratish ustida ish olib borishgan. 

“Konsert turi noodatiy tomosha bo‘ladi. Biz shouni iloji boricha haqiqatga yaqinroq qilishga harakat qildik”, deb aytgan Primary Wave kompaniyasining katta vise-prezidenti Set Faber.

Ma’lum qilinishicha, bir nechta “Gremmi” mukofoti sovrindori gologrammasi qo‘shiqchining repertuariga kiruvchi I Wanna Dance With Somebody, The Greatest Love of All va boshqa qo‘shiqlarni ijro etadi.

Musiqa tarixidagi eng muvaffaqiyatli qo‘shiqchilardan biri bo‘lgan Uitni Xyuston 2012 yil 11 fevralda baxtsiz hodisa sabab vafot etgan.

Kiritildi: 05:44 05.09.2019. O'qildi: 3613 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!