Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Marg‘ilonda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib ketdi

Marg‘ilonda Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan 12 yoshli velosipedchini urib ketdi

Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan velosipedchini Lacetti urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Voqea 9 aprel kuni soat 17:30 larda yuz bergan. 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina yo‘lni belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 2009 yilda tug‘ilgan velosipedchini urib yuborgan. Oqibatda velosipedchi shifoxonada vafot etgan.

Ma’lumotga ko‘ra, YTH sodir bo‘lgan avtomobil yo‘li 8 aprel kuni kechki vaqt mutasaddi tashkilotlar tomonidan to‘liq ta’mirlangandan keyin topshirilgan bo‘lgan. Lekin avtomobil yo‘li jihozlanmagan va yo‘l belgilari chizilmagan holatda foydalanishga topshirilgan.

Kiritildi: 16:50 12.04.2021. O'qildi: 1843 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!