Bugun 13 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Marg‘ilon shahridagi bitta AGTKSh 456 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi

Marg‘ilon shahridagi bitta AGTKSh 456 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy  foydalanganligi aniqlandi

«O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Marg‘ilon shahridagi «S.F.G» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik natijasida gaz ta’minoti korxonasi manfaatiga 456 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Kiritildi: 14:34 13.10.2024. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!