Bugun Adiblar xiyobonida Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Ikki xalq dilbandi” hujjatli filmining premyerasi o‘tkazildi. Mazkur turkum hujjatli filmlar premyeralari Kinematografiya agentligi tomonidan joriy yilda bo‘lib o‘tadigan “Ipak yo‘li durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida (https://telegra.ph/Ma%D2%9Bsud-SHajhzoda-09-09) tashkil etilmoqda.
Premyeradan avval, Toshkent davlat transport universiteti rektori Odil Abdurahmonov, akademik Naim Karimov, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov so‘zga chiqishdi, O‘zbekiston xalq artisti Ramz Usmonov tomonidan qo‘shiq ijro etildi.
“Ikki xalq dilbandi” hujjatli filmi Kinematografiya agentligi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda “First art media” studiyasi tomonidan suratga olingan.
Kuni kecha Bobur, Abdulla Oripov, G‘afur G‘ulom hayoti va ijodi haqidagi hujjatli filmlar namoyish etilgandi. Oldinda 29 sentyabrga qadar Ogahiy, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Oybek, Zulfiya va boshqa adiblar haqidagi hujjatli filmlar premyeralari bo‘lib o‘tadi.