Belgiya terma jamoasi darvozaboni Senne Lammens Angliyaning «Manchester Yunayted» klubiga o‘tdi. Yozgi transfer oynasi yopilishidan oldingi oxirgi kunda kelishuv haqida «qizil iblislar»ning rasmiy saytida ma’lum qilindi.
Belgiyaning «Antverpen» klubi safida to‘p surgan Lammens ish ruxsatnomasini qo‘lga kiritgach, «Manchester Yunayted»ga qo‘shildi va ingliz klubi bilan 5 mavsumga — 2030 yil yozigacha shartnoma imzoladi.
Joriy yil mart oyida Senne Lammens ilk bor Belgiya terma jamoasiga chaqirilgan, ammo hali mamlakat milliy jamoasi safida debyut qilmagan. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» yangi darvozabon uchun 21 mln yevro to‘lagan.