"Manchester Siti" Madridning "Real" klubi hujumkor yarim himoyachisi Arda Gyulerga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
The Athletic xabariga ko‘ra, "shaharliklar" kelasi yozda 20 yoshli turkiyalik futbolchini qo‘lga kiritish uchun 88 million funt (100 million yevro) sarflashga tayyor.
Gvardiolaning fikricha, Arda uning o‘yin uslubiga mukammal tarzda tushadi va jamoani sezilarli darajada kuchaytiradi.
Arda hozirda Transfermarkt portalida 60 million yevroga baholanmoqda. Uning shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan.