"Manchester Siti" yozgi transfer oynasida birdaniga olti nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin, deya xabar bermoqda The Athletic.
Manbaga ma’lum bo‘lishicha, ushbu ro‘yxatdan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan: Mateo Kovachich, Jon Stouns, Niko O'Rayli, Ilkay Gyundogan, Oskar Bobb va Klaudio Echeverri.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida Xosep Gvardiola shogirdlari turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallagan edi. Yevropa Chempionlar Ligasida inglizlar 1/16 final bosqichida Madridning "Real" klubiga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra yutqazib, turnirni tark etishdi.