Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Manchester Siti" himoyachisi bilan 5 yillik yangi shartnoma imzolaydi

"Manchester Siti" himoyachisi bilan 5 yillik yangi shartnoma imzolaydi

"Manchester Siti"ning qanot himoyachisi Riko Lyuis "Nottingem Forest" qiziqish bildirayotgan bir paytda jamoa bilan 5 yillik mehnat shartnomasini imzolamoqchi. Bu haqda Daily Mail Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Lyuisning birinchi turdagi ajoyib o‘yinidan so‘ng, "shaharliklar" 20 yoshli futbolchi bilan kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirgan. Ta’kidlanishicha, futbolchi bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan suhbat o‘tkazgan va bu uni shartnomani uzaytirishga yaqinlashtirgan. Muhimi, Lyuisning maoshi oshiriladi.

Riko Lyuis "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Angliya chempionatining yangi mavsumi 1-turida himoyachi golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 21:24 20.08.2025. O'qildi: 791 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!