Bugun 22 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Manba: Qozog‘iston mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi

Manba: Qozog‘iston mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi

Qozog‘istonda mudofaa vaziri almashtirildi. Prezident Qosim-Jomart Toqayev 27 sentyabr kuni Dauren Kosanovni egallab turgan lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda Aqorda matbuot xizmati ma’lum qildi.

Kosanov Qozog‘iston mudofaa vaziri lavozimiga 2025 yil 8 iyunda tayinlangan edi. 2026 yil 3 sentyabr kuni yangi hukumat shakllantirilishi doirasida u ushbu lavozimga qayta tayinlangan.

Shu tariqa, Dauren Kosanov qayta tayinlanganidan uch haftadan ortiq vaqt o‘tib vazirlik rahbarligidan ketdi.

Prezident ma’muriyati rasmiy xabarida Kosanovning lavozimdan ozod etilishi sabablari ochiqlanmagan.

Kiritildi: 09:34 27.09.2026. O'qildi: 965 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik