"Manchester Siti" qanot vingeri Fil Foden futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan so‘ng nima ish bilan shug‘ullanishini aytdi.
"Faoliyatimni tugatganimdan so‘ng, baliq ovi haqida videoblog ochaman. Besh yoshimdan beri baliq tutishni juda yaxshi ko‘raman. Har xil baliqlarni ovladim. Avvaliga kichik baliqlarni tutardim, keyin qancha ko‘p mashq qilsam, shuncha ko‘proq yirik baliqlarni, ayniqsa zog‘ora baliqlarni ovlay boshladim," - deb aytdi Foden.
25 yoshli Fodenning "shaharliklar" bilan shartnomasi 2027 yil o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt uni 100 million yevroga baholamoqda.