"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klubning qishki transferlar davrida amalga oshirishi mumkin bo‘lgan transferlari haqidagi savolga javob berdi.
"Hamma narsa bo‘lishi mumkin. O‘tgan mavsum boshida qishki transferlar oynasi oldidan to‘rt yoki besh futbolchi bilan shartnoma imzolaganimizda, bizda jarohat olgan futbolchilar bunchalik ko‘p bo‘ladi, deb o‘ylamagandim", - deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi City Xtra.
2024/2025 yilgi mavsumning qishki transfer oynasida "Manchester Siti" hujumchi Omar Marmush, yarim himoyachi Niko Gonsales, himoyachilar Abduqodir Husanov, Vitor Reys va Juma Balarni o‘z safiga qo‘shib olgan edi.