Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi

A A A
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi

“Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi (O‘RQ–577-son, 31.10.2019 y.).

Qonunga muvofiq, bojxona ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Jumladan, Kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, muayyan bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar va transport vositalarini ushbu bojxona rejimi talablariga muvofiq bo‘lmagan tarzda tasarruf etganlik uchun, fuqarolarga eng kam ish haqining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.

Shuningdek, bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalarini tasarruf etganlik uchun fuqarolarga eng kam ish haqining 20 baravaridan 30 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – 30 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

 

 

Kiritildi: 18:45 03.11.2019. O'qildi: 2695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!