Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, noma’lum qurollangan shaxslar mamlakatning markaziy qismidagi Bandiagara viloyatidagi Dialassagu qishlog‘iga hujum qilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurolli hujum oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, yana 22 kishi jarohatlangan.
G‘arbiy Afrikada «uchlikning chegarasi» sifatida tanilgan Burkina-Faso, Niger va Malini o‘z ichiga olgan mintaqada so‘nggi yillarda Al-Qoida va Daish bilan aloqador terror guruhlari hujumlari ko‘paygan.
Malida terror tashkilotlari 2013 yildan beri hujumlarini to‘xtata olmayapti.