Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Mali Bosh shtabi mamlakat shimoli-sharqida terrorchilar bilan janglar bo‘lganini ma’lum qildi

Mali Bosh shtabi mamlakat shimoli-sharqida terrorchilar bilan janglar bo‘lganini ma’lum qildi

Mali qurolli kuchlari bo‘linmalari Tinzauaten mintaqasida (mamlakat shimoli-sharqida, Jazoir bilan chegarada) terrorchi guruhlar bilan shiddatli janglar olib bormoqda.

Bu haqda Respublika Qurolli Kuchlari Bosh shtabi e’lon qilingan kommyunikeda aytiladi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, to‘qnashuvlar bo‘layotgan hudud «har xil turdagi terrorchilar va kontrabandachilar to‘plangan tayanch bo‘lib qolmoqda».

Bosh shtab bu hudud diqqat bilan kuzatilayotganini ma’lum qildi. «Beshta terror nishoni Mali Qurolli Kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari tomonidan muvaffaqiyatli yo‘q qilindi», — deyiladi kommunikeda.

Qurolli kuchlar Bosh shtabi, shuningdek, tinch aholini qurbonlar bermaslik uchun terrorchilar joylashgan hududlarni tark etishga chaqirdi.

Kiritildi: 10:58 28.07.2024. O'qildi: 658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!