Bugun 4 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Malayziyada bahaybat timsoh olti yoshli qizni yeb qo‘ydi

Malayziyada bahaybat timsoh olti yoshli qizni yeb qo‘ydi

Bir necha kun avval Malayziyada olti yoshli qizaloq Batang Tatau daryosida suzayotganida ulkan timsoh hujumiga uchradi. Aftidan, u bolani suv ostiga sudrab olib yeb qo‘ygan, deb yozadi BILD nashri.

Mutaxassislar qizni qidirish vaqtida daryoda ikkita yirik timsohni tutib, og‘ir texnikalar yordamida qirg‘oqqa olib chiqqan. Mahalliy matbuot xabarlariga ko‘ra, timsohlardan birida odam qoldiqlari, jumladan, bolaga tegishli ekanligi taxmin qilingan tish va suyaklar topilgan. Yakuniy natija haligacha kutilmoqda, biroq polisiya qoldiqlar qiz bola ekanligini taxmin qilmoqda.

Malayziyada timsohlarning odamlarga hujum qilish holatlari ko‘payib bormoqda. Sentyabr oyi o‘rtalarida uzunligi besh metrga yaqin timsoh baliqchiga hujum qilib, uni o‘ldirgan. Natijada, timsoh hujum sodir etilgan joydan taxminan 60 metr uzoqlikda topilgan – u og‘zida jonsiz tanani ushlab turgan va uni qo‘yib yuborishni istamagan. Natijada timsoh otib tashlandi.

Kiritildi: Bugun 09:17. O'qildi: 585 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!