Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Malayziya kinokompaniyasi Xorazm haqida teleserial suratga oladi

Malayziya kinokompaniyasi Xorazm haqida teleserial suratga oladi

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Ravshan Usmonov  Aquila Emas kinokompaniyasi direktori Mohd Iso bilan O‘zbekiston haqida film va videoroliklar turkumiini suratga olish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi. 

Ma’lumot uchun, 2005 yilda asos solingan Aquiula Emas tele va radiokompaniyalar buyurtmasi asosida maxsus video, audioroliklar hamda filmlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib keladi. 2015 yilda ushbu brend Buxoro viloyatida Fajar Di Bukhara(“Buxoroda tong”) badiiy filmini suratga olgan edi.

Mazkur ijod mahsuli Malayziya, Singapur, Bruney va Indoneziya telekanallarida translyasiya qilingan. E’tiborlisi, Anugerah Telenovela Award 2015 nufuzli mukofotiga ham loyiq ko‘rilgan.

Muzokaralar chog‘ida Malayziya tomoni respublikada zamonaviy kinoindustriya rivoji, shuningdek, xorij kompaniyalariga O‘zbekistonda mahsulotlar yaratish uchun imtiyozlar berilayotganini yuqori baholadi.

Yakunda 2019 yil oktyabr oyida Mohd Isoning mamlakatimizga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi. Mazkur safar chog‘ida Xorazm viloyati haqidagi 26 seriyali yangi teleserial, qolaversa, hujjatli-xronologik, xususan, O‘zbekistonning tarixiy va afsonaviy shaxslari haqida filmlar suratga olish, Malayziyaning mashhur telekanallari buyurtmasiga binoan yurtimiz sayyohlik salohiyati haqidagi noyob shou(travel show)ni tayyorlash masalalari ko‘rib chiqiladi.

Kiritildi: 22:45 19.08.2019. O'qildi: 1492 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!