Ijtimoiy tarmoqlarda maktablardagi rus tili darsligida kazino reklamasi aniqlangani bo‘yicha xabarlar tarqaldi. Holatga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi munosabat bildirdi.
2022 yilda chop etilgan 10-sinf rus tili darsligidagi QR-kod havolasi shu paytga qadar to‘g‘ri bo‘lgan va dars topshiriqlariga yo‘naltirgan.
Bugungi kunda QR-kodga bog‘langan sayt buzib kirilgan.
Vazirlik tomonidan 10-sinf rus tili darsligidagi mashqlarni bajarish uchun QR-kod orqali kirilganda paydo bo‘layotgan “onlayn kazino” havolasiga kirish imkoniyatini cheklash bo‘yicha tegishli soha tashkilotlariga murojaat qilingan