Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Maktab o‘quvchilari Internet orqali sinfdoshini "sotishga" harakat qilishdi

Maktab o‘quvchilari Internet orqali sinfdoshini "sotishga" harakat qilishdi

Buryatiya respublikasida maktab o‘quvchilari hazillashib sinfdoshini Internet orqali sotmoqchi bo‘lishdi.

Bu haqda respublikadagi bolalar huquqlari bo‘yicha ombudsman Natalya Gankina o‘zining “Facebook” ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

Uning ta’kidlashicha, voqea Kyaxta viloyatida sodir bo‘lgan. O‘spirinlar onlayn platformalardan biriga shu ma’nodagi reklama joylashtirishgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, bu haqda mahalliy aholidan birining murojaatidan so‘ng ma’lum bo‘lgan. Uning Ichki ishlar vazirligiga qilgan murojaatidan keyin milisiya xodimlari o‘quvchilarning kimligini aniqlashgan.

Ammo ushbu fakt bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilmagan, chunki o‘spirinlar jinoiy javobgarlikka tortilish yoshiga yetmagan. Ombudsmanning aniqlik kiritishicha, sotish to‘g‘risidagi e’lon olib tashlangan.

Kiritildi: 20:59 29.01.2021. O'qildi: 3544 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!