Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Maktab o‘qituvchilari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali diagnostikadan o‘tkaziladi

A A A
Maktab o‘qituvchilari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali diagnostikadan o‘tkaziladi

AOKAda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida maktab o‘qituvchilarining malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojlarini diagnostikadan o‘tkazish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 2024 yil yanvar oyidan boshlab maktab o‘qituvchilarining malakasini tabaqalashtirilgan holda oshirish tizimi joriy etilmoqda. Ushbu tizimni amalga oshirishni sifatli tashkil etish va munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joriy yilning 4 dekabridan 15 dekabriga qadar “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali maktab o‘qituvchilari diagnostikadan o‘tkaziladi.

Abdulla Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti hamda Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur jarayonlarda respublikadagi barcha umumta’lim maktablari qamrab olinadi.

Dastlab joriy yilning 1 dekabriga qadar maktab o‘qituvchilari “Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazildi. O‘qituvchilarning diagnostika testini topshirishlari bo‘yicha videoyo‘riqnoma tayyorlanib, barcha umumta’lim maktablariga yetkazildi hamda maktab o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholovchi testlar bazasi shakllantirildi.

Testlar tegishli fan va uni o‘qitish metodikasiga doir savollardan shakllantiriladi. Maktab o‘qituvchilari diagnostika testlarini o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha topshiradi. Test sinovi jarayonida uzrli sabablarga ko‘ra, ishtirok eta olmagan maktab o‘qituvchilari vazirlik ruxsati bilan alohida grafik asosida diagnostikadan o‘tkaziladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari tomonidan o‘qituvchilarning diagnostika jarayonlarida o‘z ish joyidan onlayn ishtirok etishi ta’minlanadi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, diagnostika natijalarining tahlili asosida o‘qituvchilar kasbiy ehtiyojlariga ko‘ra tegishli guruhlarga ajratiladi va 2024 yilda maktab o‘qituvchilari va rahbarlarining malakasini oshirish rejasi tasdiqlanadi hamda kasbiy rivojlantirishning tabaqalashgan o‘quv rejalari va dasturlari ishlab chiqiladi.

Kiritildi: 16:46 02.12.2023. O'qildi: 2353 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!