Fransiya prezidenti Emmanuel Makron kecha Fransiya va Isroil rahbarlari o‘rtasidagi telefon suhbati doirasida Isroilni Livan va G‘azo sektoriga «beg‘araz» zarbalar berishda, shuningdek, BMT tinchlikparvar kuchlariga hujum qilishda aybladi, deb xabar berdi Yelisey saroyi.
Makron diplomatik kelishuvga erishish uchun Livanda uch haftalik otashkesimga chaqiruvini takrorladi, biroq Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu qo‘shni arab davlatida bufer zona yaratishga intilishda davom etib, o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarni rad etdi.
Xabar qilinishicha, Fransiya rahbari «Naqourada Isroil qo‘shinlari tomonidan bir necha tinchlikparvarlar yaralanganidan so‘ng o‘z g‘azabini izhor qilgan va Isroilni bu asossiz hujumga chek qo‘yishga chaqirgan» hamda Falastinning bosib olingan hududlarida isroillik ko‘chmanchilar tomonidan zo‘ravonlik kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan.