Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya va Ukraina tomonlar muzokaralar stoliga qaytishi uchun hamma narsani qilish kerakligini aytdi.
Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
“O‘ylaymanki, bugun biz hamma narsani qilishimiz kerak, shunda ishtirokchi tomonlar tanlagan vaqtda, Ukraina bunga qodir bo‘lganda, tomonlar muzokaralar stoliga qaytishadi”, dedi Makron.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda Ukraina tomonidan ilgari surilgan talablar, jumladan, davlat chegaralarini “hech bo‘lmaganda fevral oyida mavjud bo‘lgan shaklda” tiklash talablari inobatga olinishi kerak.