Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Makron Isroilni muqarrar falokatdan ogohlantirdi

Makron Isroilni muqarrar falokatdan ogohlantirdi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Isroil davlatining G‘azo sektorini to‘liq bosib olish va harbiy harakatlarni kengaytirish rejasini keskin tanqid qildi. Rasmiy Parijga ko‘ra, Isroilning muttasil urush siyosati misli ko‘rilmagan falokatga etaklaydi.

“Isroil vazirlar kengashining G‘azo shahri va Muvasiy lagerlarida harbiy faoliyatni kengaytirish, shuningdek, takroriy bosib olish rejasi misli ko‘rilmagan falokat va muttasil urush olib borishga qaratilgan nooqilona yondashuvdan darak bermoqda”, – dedi Fransiya yetakchisi.

Makronning fikricha, Isroilning bu siyosatidan birinchi navbatda G‘azodagi tinch aholi va asirlar aziyat chekadi.

Fransiya yetakchisi Falastin hududidagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun BMT mandati ostida xalqaro ittifoq tuzishni taklif etgan.

Avval xabar berganimizdek, 8 avgust kuni Isroil xavfsizlik kengashi G‘azo sektoridagi yuz minglab falastinlik jon saqlayotgan G‘azo shahrini nazoratga olish haqida qaror qabul qildi. Ushbu bahsli qaror G‘azo shahridagi yuz minglab odamni yana majburiy ko‘chirish hamda butun G‘azo bo‘lgasini bosib olishni anglatadi. Jahon yetakchilari Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning ushbu qarorini keskin qoralamoqda.

Dushanba kuni Isroil G‘azo sektoriga hujumni yanada kuchaytirdi. Hujumlar oqibatida “Al-Jazira” telekompaniyasining besh xodimi ham o‘ldirilgan.

BMT Isroil armiyasining jurnalistlarni qasddan o‘ldirganini qoraladi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Falastin hududlaridagi xunrezlik va bosqin siyosatini ochiq va keskin tanqid qilib kelayotgan G‘arbning kamsonli siyosiy yetakchilaridan hisoblanadi.

Avvalroq Makron G‘azo sektorida gumanitar inqiroz chidab bo‘lmas darajaga yetgani haqida bayonot bergandi.

“Bu dahshat... (G‘azo sektorida) na suv bor, na dori-darmon. Jarohatlanganlarni ham xavfsiz joyga ko‘chira olishmayapti. Qat’iy ravishda aytamanki, Binyamin Netanyahu hukumatining xatti-harakatlari nomaqbuldir”, – degan edi fransuz yetakchisi.

Prezident Makron Fransiya Falastin davlatini joriy yil sentyabr oyiida BMT Bosh assambleyasida tan olishini ham ma’lum qilgan.

Xalqaro tashkilotlar G‘azodagi 2,3 mln aholi ochlik, tashnalik va turli xastaliklardan aziyat chekayotgani haqida bong urmoqda. Tinch aholi orasida qurbonlar coni ham kun sayin oshib bormoqda.

Kiritildi: 16:08 12.08.2025. O'qildi: 1076 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!