Fransiya va Vetnam umumiy qiymati 9 milliard yevrolik shartnomalar imzolagan.
Bu haqda Vetnamda davlat tashrifi bilan bo‘lgan Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron jurnalistlarga bergan bayonotida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS” .
“Tashrif davomida 9 milliard yevrolik shartnomalar imzolandi”, — dedi u.
Makronning so‘zlariga ko‘ra, aviasiya va temir yo‘llar kabi deyarli barcha yirik tarmoqlarda imzolangan kelishuvlar ikki davlat o‘rtasidagi mudofaa, aviasiya va energetika sohalarida mustahkam aloqalarni ta’kidlaydi.
2024-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2023-yilga nisbatan 12,9 foizga oshib, 5,42 milliard dollarni tashkil etdi.