Isroil va Falastin harakati o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra ozod etilishi kerak bo‘lgan 33 nafar XAMAS a’zosi orasida Fransiyaning ikki fuqarosi ham bor.
Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qildi.
"Vatandoshlarimiz Ofer Kalderon va Ohad Yahalomi G‘azo kelishuvining birinchi bosqichida ozod etilishi kerak bo‘lgan 33 nafar garovga olinganlar ro‘yxatida. Ularning oilalari bag‘riga qaytishi uchun hamma narsani qilamiz", - deya qayd etdi u.
Bugun avvalroq Isroil rasmiylari garovga olingan 33 kishining oilalarini Falastinning XAMAS harakati bilan kelishuvning birinchi bosqichi doirasida G‘azo sektoridan yaqinlarini ozod qilish rejalashtirilgani haqida xabardor qilgani xabar qilingandi.