Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Makkajo‘xorining 33 santimetrli yangi navi yaratildi

Makkajo‘xorining 33 santimetrli yangi navi yaratildi

Qandli makkajo‘xorining xilma-xil navlarini iste’mol qilish madaniyati O‘zbekistonda ortib bormoqda. Bu nafaqat sog‘lom oziqlanish, balki iqtisodiy tomondan ham foydali bo‘lib, mahsulot eksport imkoniyatlarini kengaytiradi.

Ukraina seleksionerlari O‘zbekiston fermerlarining talablarini inobatga olgan holda, yangi «Romeo» qandli makkajo‘xori navini yaratdilar. Ushbu yangi nav uzun donli bo‘lib, yaxshi sharoitlarda qariyb 33 santimetrga yetadi.

«Romeo» navi O‘zbekistonda qurg‘oqchilikka chidamli, ko‘proq hosil beradigan qandli makkajo‘xori turi sifatida tanlab olingan. Bundan tashqari, Ukraina seleksionerlari tomonidan qurg‘oqchilikka chidamli bo‘lgan «Jamala» navi ham ishlab chiqilgan.

Xo‘sh, «Romeo»ning alohida xususiyati shundaki, u eng uzun so‘tali navdir. Yetarlicha kuchli duragay bo‘lib, har bir poyasida ikkita yirik so‘tasi bor.

Qurg‘oqchilikka chidamli navlar fermerlarga hosilni barqaror yetishtirish imkoniyatini beradi, bu esa iqlim o‘zgarishlari sharoitida ayniqsa muhimdir.

O‘zbekistonning ba’zi hududlari uchun moslangan ushbu navlar suvdan kam foydalanish imkoniyatiga egadir.

Fermerlar o‘z ekin maydonlarida qurg‘oqchilikka chidamli navlarni ekish orqali hosildorlikni oshirish va suvni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu jumladan, «Romeo» navi qishloq xo‘jaligimiz uchun mos ekin turi hisoblanadi.

Kiritildi: 21:00 11.11.2024. O'qildi: 1478 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!