Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Makkada umra safariga borgan o‘zbekistonlik erkak tunab ketildi

Makkada umra safariga borgan o‘zbekistonlik erkak tunab ketildi

O‘zbekistonning Jiddadagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ko‘magida Saudiya Arabistonining Makka shahrida qiyin moliyaviy ahvolda qolgan yurtdoshimiz A.R. oilasi bag‘riga qaytarildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, yurtdoshimiz G.M. Saudiya Arabistoniga umra amallarni bajarish maqsadida borgan turmush o‘rtog‘i A.R. moddiy tomondan qiyin ahvolda qolgani sababli unga yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qilgan.

A.R. Saudiya Arabistoniga umra amallarini bajarish maqsadida O‘zbekistondan 30 mart kuni velosipedda yo‘lga chiqqan. U O‘zbekistondan Rossiyaga, u yerdan Gruziyaga borgan. Gruziya chegarachilari tomonidan u kelgan joyiga, Rossiyaga qaytarib yuborilgan. Shundan so‘ng A.R. "Vladikavkaz – Istanbul – Jidda" yo‘nalishi bo‘yicha Saudiya Arabistoniga yetib kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Makkada bo‘lgan vaqtida uning buyumlari va tegishli hujjatlari bo‘lgan sumkalari o‘g‘irlab ketilgan.

Bosh konsulxona vakillari Makkadagi o‘zbekistonlik fuqarolar yordamida A.R. topishga erishdi va unga O‘zbekistonga qaytish uchun guvohnoma rasmiylashtirildi. Shuningdek, faol vatandoshlar ko‘magida "Madina-Toshkent" yo‘nalishidagi aviaqatnovga chipta sotib olib berildi.

Yurtdoshimiz shu yil 17 may kuni sog‘-salomat oilasi bag‘riga qaytdi.

Kiritildi: 13:56 21.05.2024. O'qildi: 1058 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!