Ma’lumot uchun, Makgregor va Chendler o‘rtasidagi jang 29 iyun kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC-303 turniri doirasida bo‘lib o‘tishi kerak edi.
3 iyun kuni liga rahbariyati Dublinda Konor Makgregor va Maykl Chendler ishtirok etishi kerak bo‘lgan matbuot anjumanini bekor qildi, bu esa jangning o‘tkazilmasligi haqidagi mish-mishlarning chiqishiga sabab bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Makgregor bundan oldin Dastin Poryega qarshi ikkita jang o‘tkazgan: 2021 yil yanvarida irlandiyalik sportchi ikkinchi raundda nokaut bilan yutqazgan, o‘sha yilning iyul oyida Konor jangda chap oyog‘ini sindirib oladi va jangda yana texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchraydi.