Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Makgregor MMAga qaytmoqda

Makgregor MMAga qaytmoqda

Yozda karyerasining tugaganligini e’lon qilgan irlandiyalik jangchi Konor Makgregor “Twitter” orqali o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazishga tayyorligini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, Makgregor amerikalik Diyego Sanchesning chorloviga rozi bo‘lgan.

38 yoshli Sanchesning aytishicha, karyerasidagi so‘nggi jangini aynan irlandiyalik bilan o‘tkazishga qaror qilgan.

O‘z navbatida, Makgregor fevral oyidayoq UFC rahbari Dana Uayt bilan yozishmalarida Dublinda Sanches bilan jang tashkil qilish haqida gaplashganligini aytmoqda.

Bundan tashqari, ma’lumotlarga ko‘ra, Makgregor filippinlik jangchi Menni Pakyao bilan ham jang qilishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik jangchi iyun oyida sportdagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qilib, “Hey, bolalar, men janglardan ketishga qaror qildim. Esda qolarli xotiralar uchun barchangizga rahmat! Ajoyib sayohat bo‘ldi!” deya yozgan edi.

 

 

Kiritildi: 22:23 26.09.2020. O'qildi: 2518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!