Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Mahmud Murodov behayo videosi va suratlari tufayli shartnomasidan ayrildi (foto)

Mahmud Murodov behayo videosi va suratlari tufayli shartnomasidan ayrildi (foto)

28 yoshli MMA jangchisi Mahmud Murodov bundan roppa-rosa bir hafta avval O‘zbekiston fuqaroligini olgan edi.
 
O‘tgan hafta oxirida ijtimoiy tarmoqlarda Mahmud Murodov ishtirokidagi nomaqbul videolar va suratlar tarqaldi. Sportchi ushbu videolarni haqiqiy ekanini inkor etmadi, faqatgina bularni tarqatgan odamlar uning dushmanlari ekani va sindirish uchun shunday qilishayotganini aytdi. Bunday narsalarga parvo qilmay, tanlagan yo‘lida davom etishini, yanada kuchli bo‘lishini, navbatdagi janglarga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotganini qo‘shimcha qildi.  
 
Murodov ishtirokida tarqalgan video va fotosuratlar sabab “Buka” sport liboslari brendi sportchi bilan hamkorlikni to‘xtatganini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
 
Murodov o‘zi ishtirokidagi videolarga izoh berarkan, barcha hamkorlari va homiylaridan uzr so‘ragan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Mahmud Murodov O‘zbekistonda sportchilarni doimiy ravishda moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab kelgan MOQ vise-prezidenti Salim Abduvaliyevning ham nazariga tushgan edi.
 
Mahmud Murodov 1990 yilda Tojikistonda tug‘ilgan. Millati o‘zbek bo‘lgan sportchi, 2 yoshida oilasi bilan O‘zbekistonga ko‘chib o‘tgan. Unga 26 yil deganda mamlakat fuqaroligi berildi. Bungacha ham u barcha musobaqalarda O‘zbekiston bayrog‘i ostida ishtirok etgan.

Manba: qalampir.uz 

Kiritildi: 12:30 14.08.2018. O'qildi: 16673 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!