O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi, sobiq UFC jangchisi Mahmud Muradovning (27-8-0) navbatdagi jangi bo‘yicha tafsilotlar ma’lum bo‘ldi.
U avval xabar berilganidek, 23 noyabr kuni Polshaning Loj shahrida tashkil etiladigan MMA bo‘yicha Fame 23 turnirida oktagonga ko‘tariladi. Muradovga turnirda Shimoliy Irlandiya vakili, sobiq UFC jangchisi Norman Park (32-7-1) raqiblik qiladi.
O‘rta vazn toifasida tashkil etiladigan to‘qnashuv 3 raund etib belgilangan. Jang ko‘rgazmali maqomda o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud Muradov so‘nggi jangini 21 sentyabr kuni Oktagon 61 turniri doirasida britaniyalik Skott Askxemga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongan edi. Bu Muradov uchun UFC'dan ketganidan keyin o‘tkazgan ilk jangi bo‘lgandi.
Norman Park 2012-2016 yillar davomida UFC'da 9 ta jang o‘tkazib, 5 ta g‘alaba, 3 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.