Bugun 4 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

MAGATE: Eron uran zaxiralarini keskin oshirdi

MAGATE: Eron uran zaxiralarini keskin oshirdi

Eronning 60% boyitilgan uran zaxiralari fevraldagi 274,8 kg dan 17 may holatiga ko‘ra 408,6 kg gacha ko‘tarildi.Bu haqda Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) yangi hisobotida aytiladi.

📈 Shunday qilib, uch oy ichida Eron yuqori boyitilgan uran hajmini 133,8 kg ga oshirdi .

MAGATE bosh direktori Rafayel Mariano Grossi hujjatda vaziyatdan xavotir bildirdi: “ Eron yadroviy qurolga ega bo‘lmagan holda uranni shu darajagacha boyitgan dunyodagi yagona davlatdir ”.

U Eron agentlik bilan " zudlik bilan, to‘liq va samarali " hamkorlik qilishi kerakligini ta’kidladi. Grossi, shuningdek , Tehronni MAGATE inspektorlariga kirishni ta’minlashga va kelishuvlar doirasida barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishga chaqirdi .

Avvalroq Eron Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Esmoil Bag‘iy Eron nihoyat AQSh bilan yadroviy bitim tuzish uchun uranni boyitish ishlarini vaqtincha to‘xtatish rejasidan voz kechganini ma’lum qilgandi.

Tehron, shuningdek, prezident Donald Trampning Eron delegasiyasi bilan “juda yaxshi” muzokaralar o‘tgani haqidagi xabarlariga qaramay, vaqtinchalik kelishuvga erishish imkoniyatini ham rad etdi.

"Eron buni hech qachon qabul qilmaydi", dedi Bag‘ayi uran dasturini uch yilga muzlatish mumkinligi haqidagi savolga qat’iy javob berdi.

Kiritildi: 12:19 01.06.2025. O'qildi: 661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!