Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Madaniyat vazirligi huzuridagi IK tomonidan musiqa asboblari qimmat narxlarda sotib olinganligi aniqlandi

Madaniyat vazirligi huzuridagi IK tomonidan musiqa asboblari qimmat narxlarda sotib olinganligi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan davlat xaridlarida narxlarni oshirib yuborish holatlari yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi mansabdor shaxslari va boshqalar oldindan til biriktirib, musiqa asboblarini sotib olish yuzasidan o‘tkazilgan tender tanlovida 3,3 mlrd so‘mga yetkazib berish taklifi mavjud bo‘lsada, muqobil qimmatroq variantni ko‘rsatgan tadbirkorlik sub’ektini asossiz ravishda tanlovda g‘olib sifatida ko‘rsatganligi natijasida haqiqiy bozor bahosidan 792,2 mln so‘mga qimmat narxda sotib olib, byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan kompaniya mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Kiritildi: 15:55 12.04.2021. O'qildi: 1915 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!