Bugun 17 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi amaliy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ldi

A A A
Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi amaliy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasi amaliy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida delegasiya rahbari Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan "EKSPO-2025" Butunjahon ko‘rgazmasi hududida barpo etilayotgan O‘zbekiston milliy pavilyoniga tamal toshini qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Shu bilan birga, mamlakatimiz vakillari Tokio va Kioto milliy muzeylari, Milliy san’at markazi, Kioto hunarmandchilik va dizayn hamda boshqa bir qator madaniy ob’ektlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar natijasida muzeyshunoslik sohasida hamkorlik qilish va yaqin istiqbolda O‘zbekiston madaniyati hamda san’atiga bag‘ishlangan maxsus ko‘rgazmalarni tashkil qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Kiritildi: 09:14 31.03.2024. O'qildi: 1084 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!