Lyuksemburg tashqi ishlar vaziri Ksave Bettelning aytishicha, Ukraina Yevropa Ittifoqiga to‘liq a’zo bo‘lish o‘rniga Yevropa siyosiy hamjamiyatidagi ishtirokini rivojlantirishi kerak.
Uning so‘zlariga ko‘ra, YEI barcha nomzod davlatlar uchun bir xil bo‘lgan yangi a’zolarni qabul qilish mezonlarini bekor qila olmaydi.
"Men Yevropa siyosiy hamjamiyatining yangi mexanizmiga ishonaman, bu yerda biz Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati ma’qullashiga bog‘liq emasmiz, bu yerda biz 30-40 a’zoga ega bo‘lishimiz mumkin, bu yerda soxta shengen qoidalaridan foydalanish mumkin va bu yerda barcha mezonlar bajarilishi shart emas," - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Uning ta’kidlashicha, u "evropaliklar uchun kurashayotgan" ukrainaliklarni xafa qilmoqchi emas, biroq YEIga qabul qilish qoidalari o‘zgarishsiz qolishi kerak.