Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko NATO Sharqiy Yevropadagi urushga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda u Minskdagi Mustaqillik saroyida harbiy oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari va katta ofiserlarni taqdirlash marosimida aytib o‘tdi.
"Biz harbiy odamlarmiz, biz urushga tayyorlanyapmiz. Lekin bu urush bo‘lmasligi uchun hamma narsani qilishimiz kerak!", - dedi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb davlatlari quruqlik va havoda faol razvedka ishlarini olib bormoqda, harbiy logistikani o‘zlashtirmoqda, mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda, boshqa mintaqalardan texnika va materiallar olib o‘tmoqda, harbiy byudjetlarni oshirmoqda.