Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Lukashenko Moskvaga ketgan vaqtida Minskda suv bilan muammo chiqqaniga izoh berdi

Lukashenko Moskvaga ketgan vaqtida Minskda suv bilan muammo chiqqaniga izoh berdi

Lukashenko 24 iyunda Moskvada bo‘lganda Belarus poytaxtining uchta tumanida ichimlik suvi yomonlashishi bilan bog‘liq muammmo chiqqan. Taxmin qilinishicha, quvurlar ta’mirlanishi vaqtida ulardagi suv o‘z vaqtida tortib olinmay qolib ketgan va keyinroq xonadonlarga aynigan suv berilgan. 

Belarus prezidentining ta’kidlashicha, u bu muammo o‘nglanmaguncha uni o‘z nazorati ostida ushlab turgan. Uning ta’kidlashicha, u amaldorlarga aynigan suvni o‘zlari ichishlari bilan tahdid qilgan. Lukashenko bu haqda “Belarus 1” telekanali efirida aytib o‘tgan.

“Men buni nimaga aytmoqdaman? Diktatura – bu yomon. Biroq bir kechada og‘ir muammo hal qilingudek bo‘lsa, unda diktatura – yaxshi. Diktaturaning bunga nima daxli bor, mas’uliyat bo‘lishi lozim!”, deb aytgan Lukashenko.

Uning ta’kidlashicha, Minskda suv bilan muammo Moskvaga ketishi bilanoq yuzaga kelgan. 

“Uchib kelishim bilan Minskda suv bilan muammo chiqqanini eshitib turibman. Rosti, yosh bolalar kabi bir daqiqaga o‘zlarini tashab ketib bo‘lmaydi, degan xayolga keldim. Endi mamlakatni yoqib yubormasliklari uchun ketayotganda gugurtni yashirishga to‘g‘ri kelyapti. Belarusdan tashqariga chiqayotganimda, haqiqatan shunday ehtiyotkorlik qilishimga to‘g‘ri kelmoqda”, deb ta’kidlab o‘tgan Belarus rahbari.

Shuningdek, Lukashenko Moskvadan qaytgach, mamlakatda konstitusiyani qayta ko‘rib chiqishga tayyorlanayotganini ma’lum qilgan. Uning ta’kidlashicha, gap turli darajadagi hokimiyat vakolatlarini yangicha taqsimlash va huquqlarning bir qismining mahalliy rahbarlarga berilishi haqida bormoqda.  

Kiritildi: 21:16 28.06.2020. O'qildi: 1714 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!